Veb-dizaynni ishlab chiqish veb-sayt yaratish jarayonida eng ko'p tortishuvlarga sabab bo'ladigan masala. Agar ishlab chiqilgan saytning funktsionali texnik topshiriqda batafsil yozilgan bo’lsa, unda dizaynni qanday ta'riflash mumkin? Sayt dizayni boshqa bir sayt dizayni ko’rinishida bo’lsin deysizmi? Amaliyot shuni ko'rsatadiki, "boshqa bir sayt dizayniga o’xshasin" degan jumla juda noaniq.
Shunig uchun siz biz realizatsiya qilgan dizalarni va ularning narxlari bilan tanishib chiqing va eng optimal variantni tanlang.
Yana bir narsa aytmoq lozim: ba'zi noma'lum sabablarga ko'ra, mizozlar ko'pincha dizaynerlar tomonidan ishlab chiqarilgan eng muvaffaqiyatli versiyani tanlamaydi.
Veb-sayt dizayni mijozning estetik imtiyozlari va kompaniya korporativ uslubi elementlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Lekin biz sayt dizaynini buyurtmachi uchun emas, balki buyurmachining xizmat yoki mahsulotlarini potentsial iste'molchilari uchun yaratilganligini unutmasligimiz kerak. Bu asosiy qism!
Veb-sayt dizayni sayt yaratilishining quyidagi asosiy printsiplariga mos kelishi kerak: