- Mijoz bizga murojaat qiladi va Texnik topshiriqni taqdim etadi, yoki Texnik topshiriqni tayyorlash uchun yordam beramiz - bu xizmat mutlaqo bepul.
- Qabul qilingan texnik topshiriq asosida internet-magazin uchun eng maqbul boshqaruv tizimini tanlaymiz(Magento, Wordpress, Zencart, Bitrix yoki maxsus yaratilgan saytlar bazasi), shuningdek, internet-magazinni ishlab chiqish va dasturlash, marketing tahlilini yaratish va loyihaning narx miqdorini aniqlaymiz.
- Internet-magazinning dizayni internetda biznes yuritishda va bevosita savdo darajasida juda katta rol o'ynaydi. Dizayn yaratishda zamonaviy veb-dizaynning barcha mezonlariga javob berishi, shuningdek, innovatsion texnologiyalardan foydalanilishi ta’minlanadi. Sizning xaridorlaringiz siz taqdim etgan xizmatning sifati yoki saytning dizayni bo'yicha mahsulotni baholaydi. Boshlang’ich to’lovni (50%) amalga oshirganinggizdan so'ng, bizning dizaynerlarimiz siz uchun original veb-sayt dizaynini yaratadi va uni tasdiqlash uchun sizga yuboradi.
- Dizaynni ma'qullaganingizdan so'ng, loyihani to'g'ridan-to'g'ri dasturiy ta'minot qismiga qismiga o’tiladi, undan keyin saytni serverimiz orqali sinab ko'rishingiz mumkin.
- Saytni yaratish va testdan o'tkazish jarayoni tugaganidan so'ng, mijoz saytni ko'rib chiqishi va tasdiqlashi uchun to'liq ruxsat oladi.
- Internet-magazin sizning talablaringizga va Texnik topshiriq shartlariga to’laqonli javob beradi. Oxirgi qadam saytni sizning domeningizga o'rnatish va saytni boshqarush uchun xodimlaringizni o'qitishdir.
"Internet-magazin"ning yaratilishi boshqa turdagi saytlarga qaraganda ko'proq vaqtni talab qiladi. Asosiy vaqt qo'shimcha modul va xizmatlarni dasturlashtirish, to'lov tizimlari bilan ulanish va integratsiya kabi funksiyalarga sarflanadi.. "Internet-magazin"ning yaratilish muddati o’rtacha 25 kunni tashkil etadi.
Saytni to’ldirish va boshqarish qo’shimcha xizmat hisoblanadi. qo'yiladigan narx asosan saytga joylashtiriladigan mahsulotning hajmiga bog’liq. Qidiruv tizimlarida saytni reklama qilish qo'shimcha xizmat turi hisoblanadi va alohida to’lov talab qilinadi.